YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Kasbiy ta’lim tashkilotlar direktorlari tomonidan taqdimot o‘tkazildi

Kasbiy ta’lim tashkilotlar direktorlari tomonidan taqdimot o‘tkazildi

Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasida boshqarma boshlig‘i N.Kulbekova rahbarligida viloyatdagi kasbiy ta’lim tashkilotlar direktorlari tomonidan taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimotda tashkilotlar balansidagi bino va inshootlardan foydalanish, yer maydonlarini nazorat qilish, obodonlashtirish hamda byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish masalalari muhokama qilindi.  “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlari bo‘yicha axborotlari tinglanadi.

Taqdimot davomida kasbiy ta’lim tashkilotlarining bo‘sh turgan yer maydonlari va inshootlaridan samarali foydalanish, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini yo‘lga qo‘yish orqali qo‘shimcha daromad manbalarini shakllantirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Ushbu tashabbuslar ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligini oshirishga hamda o‘quvchilarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2025-yil bahor mavsumida kasbiy ta’lim tashkilotlarida manzarali va mevali daraxtlar, butalar hamda gul ko‘chatlarini ekish tadbirlarini tizimli va uyushqoqlik bilan tashkil etish muhimligi qayd etildi. Ekilgan ko‘chatlarning parvarishi uchun mas’ul shaxslarni biriktirish, ularning saqlanishi va himoyasini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Taqdimot yakunida kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlariga yer maydonlari va infratuzilmasidan samarali foydalanish, noqonuniy holatlarning oldini olish hamda obodonlashtirish ishlarini doimiy nazorat qilish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.