“Kim tez o‘qiydi” shiori ostida bellashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 12 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13-sentabrda “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-son Qarori ijrosi yuzasidan Chinoz tuman 2-son kasb-hunar maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Kim tez o‘qiydi” shiori ostida bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvda
1- o‘rinni 1-bosqich 5-24 guruh o‘quvchisi M.Do‘stmuhammadova,
2- o‘rinni 2-bosqich 5-23 guruh o‘quvchisi M.Mirzakarimova,
3-o‘rinni 2-bosqich 2-23 guruh o‘quvchisi Z.Mahamadjonova egalladilar.