Joriy yilning 7-aprel kuni Oqqo’rg’on tuman 1-son politexnikumida yoshlar orasida kitob mutolaasiga bo’lgan qiziqishni oshirish, o’quv madaniyatini shakllantirish, kitobxonlikni keng targ’ib qilish hamda turli tanlov va seminarlar orqali kitobxonlarni rag’batlantirish maqsadida, «Kitobga oshno qalblar» shiori ostida «KITOB MARAFONI» hayriya tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirni politexnikum direktori M.R.Rustamov ochib berdi.
Tadbirda tuman Axborot kutubxona markazi hodimlari o’z ko’rgazmalari, RMMM tuman bo’linmasi o’z namoyishlari, «Kitoblar olami» savdo yarmarkasi va jajji qizaloqlar musiqiy chiqishlari bilan ishtirok etdilar.
«Men ham kitob sovg’a qilaman» hayriya aksiyasida politexnikum hodimlari, o’quvchi-yoshlari, tuman tashkilotlari faol ishtirok etib, marafonga o’z hissalarini qo’shdilar.
Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilar politexnikum ma’muriyati, tuman yoshlar agentligi, RMMM tuman bo’linmasi tomonidan qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.