Konstitutsiya – bosh qomusimiz!
2024-yil 6-dekabr kuni O‘rta Chirchiq tumani 2-son kasb-hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan «Konstitutsiya – bosh qomusimiz!» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida iqtidorli o‘quvchilar Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, unda belgilangan asosiy tamoyillar va moddalarning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdilar. O‘quvchilar o‘z chiqishlarida Konstitutsiyaning inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashdagi muhim o‘rnini alohida ta’kidladilar.
Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, unda ishtirok etgan barcha qatnashchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Tadbir nafaqat bilimni oshirish, balki yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.