Joriy yilning 6-iyun kuni O’rta Chirchiq pedagogika kollejida Toshkent viloyatidagi pedagogika kollejlari uchun «Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish» mavzusida o’quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i Kulbekova Nasiba Zakirovna hamda viloyatdagi barcha pedagogika kollej direktorlari, o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari va maxsus fan o’qituvchilari ishtirok etdilar.
Seminar kollejning maxsus fan o’qituvchilari R.Mavlyanova hamda X.Tursunqulovalar tomonidan olib borildi.