YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi

“Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi

Qibray tuman kasb-hunar maktabida “Mening Konstitutsiyam 32 yoshda!” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida  insholar  tanlovi o‘tkazildi. Tadbir Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari S. Abduqodirova va Z. Xakimovalar tomonidan tashkil etildi.

Mazkur tadbirda o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etib, insho yozish orqali O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqida chuqur bilimlarga ega bo‘lishdi.

Tadbir yoshlarda davlat tiliga bo‘lgan e’tibor va hurmatni oshirish, Konstitutsiyaning ahamiyatini tushuntirish maqsadida tashkil etilib, katta qiziqish bilan o‘tkazildi.