2025-yil 18-mart kuni Qibray tuman politexnikumida «Mirzo Ulug’bek vorislari» Respublika tanlovi Qibray tuman bosqichi Toshkent viloyati Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tomonidan o’tkazildi.
Ushbu tanlov mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatiga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovini o‘tkazish rejalashtirilgan.
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovi Qibray tuman bosqichi Qibray tumanida istiqomat qiluvchi iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlardan biridir.