O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi “Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 30-sonli qarorida 2022-yildan boshlab har yili iqtidorli yoshlarni kashf qilish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovini o‘tkazish belgilangan.
Shunga asosan, 27-mart sanasida Qibray tumani Toshkent davlat Agrar universitetida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovinining Qibray tuman bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur tanlovning 1-bosqich natijalariga ko‘ra 5 nafar ishtirokchilar komissiya a’zolarining xulosasiga asosan tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Saydullayeva Madina Elyor qizi
Sagdullayeva Sarvina Maxmudovna
Sayfiddinova Saodat Dilmurod qizi
Ahmadov Asadbek Bahodir o’g’li
Rustamova Go‘zal Ismoiljon qizi