Joriy yilning 22-aprel kuni Nurafshon shahrida joylashgan Yoshlar markazi binosida «Mirzo Ulugʻbek vorislari» tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Ushbu nufuzli tanlov yoshlarda ilm-fanga boʻlgan qiziqishni oshirish, ularning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish va iqtidorli yoshlarni aniqlashga qaratilgan.
Tadbirni viloyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N.Kulbekova ochib berdi. Oʻz nutqida u tanlov ishtirokchilarini samimiy qutlab, ularga omad va yutuqlar tiladi. Shuningdek, bugungi kunda ilm-fan sohasida erishilayotgan yutuqlar, ayniqsa, yoshlarning bu jarayondagi faol ishtiroki haqida soʻz yuritdi.
Tanlovda viloyatdagi turli oliy va oʻrta maxsus ta’lim muassasalaridan iqtidorli yoshlar ishtirok etib, fizika, matematika, astronomiya, tarix kabi yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va salohiyatlarini namoyon etmoqda.