YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi

Nurafshon shahridagi Yoshlar markazi binosida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Ikki kun davom etgan ushbu nufuzli tanlovda joriy yilning 3 martidan 26 martiga qadar o‘tkazilgan tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan iqtidorli yoshlar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon qilishdi.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, shuningdek, bilimli, zukko va izlanuvchan yoshlarga munosib rag‘bat berishdan iborat.

Jami 92 nafar ishtirokchi o‘rtasida kuchli raqobat kechdi. Eng sara innovatsion ishlanmalar bilan ishtirok etgan 20 nafar bilimdon yosh tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Viloyat bosqichi g‘oliblari BHMning 10 barobari miqdorida bir martalik pul mukofotlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Mazkur tadbir ishtirokchilar va ularning ustozlari uchun katta tajriba maktabiga aylandi. Endilikda esa g‘oliblar respublika bosqichida ham viloyat sha’nini munosib himoya qilib, yuksak natijalarga erishishlariga ishonamiz!