YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Nemis tili fani oʻqituvchilari Germaniyaga malaka oshirishga yuborildi

Nemis tili fani oʻqituvchilari Germaniyaga malaka oshirishga yuborildi

Professional taʼlim muassasalarining bir guruh nemis tili fani oʻqituvchilari Germaniyaga malaka oshirishga yuborildi.

Hukumat qaroriga asosan, Oʻzbekistonda nemis tilini oʻqitish tizimini yanada takomillashtirish hamda yoshlarni Germaniyada kasbiy taʼlimga yoʻnaltirishga koʻmaklashish maqsadida professional taʼlim muassasalarining 27 nafar Nemis tili fani oʻqituvchilari Germaniyaning “TELC” til oʻqitish markaziga malaka oshirish kursiga yuborildi.

27 nafar Nemis tili fani oʻqituvchilarining 2 nafari Toshkent viloyatidagi professional taʼlim muassasalari oʻqituvchilari bo’lib, 8 hafta davomida Germaniyadagi “TELC” til oʻqitish markazida oʻzlarining til darajalari hamda kasbiy koʻnikmalarini oshiradilar.