Nima uchun ko’p kitob o’qish kerak?
MICROSOFT kompaniyasi asoschisi Bill Geyts yiliga 50 ta atrofida kitob o’qiydi. Bu haftasiga 1 ta kitob degani.
Qanday qilib shuncha narsalarni o’rgangansiz degan savolga, muhandis, yozuvchi va ixtirochi Ilon Mask juda ko’p kitob o’qiyman deb javob bergan. Yoshligida u juda ko’p kitob o’qiganligini gapirib bergan.
FACEBOOK kompaniyasi asoschisi, dasturchi va tadbirkor Mark Sukerberg har 2 haftada bitta kitob o’qiydi. Bu yiliga 24 ta kitob degani.
✅ Tadbirkor va dunyodagi eng yirik investor Uorren Baffet bo’sh vaqtining 80% qismini kitob o’qishga sarflaydi. O’z biznesini yo’lga qo’ygunga qadar kuniga 500 sahifa o’qigan.
Barcha millarderlar ko’p kitob o’qiganlar va o’qimoqdalar. Ular oddiy odamdan ko’ra 20-50 barobar ko’proq ma’lumot iste’mol qiladilar. Shuning uchun ham ularning aqlliligiga hayron bo’lmaslik kerak. Ho’sh siz hali ham kitob o’qish foydali ekanligiga shubhangiz bormi?
Menda kitob o’qishga vaqt yo’q!
Ayrim odamlar kitob o’qish uchun vaqtim yo’q deb hisoblaydilar. Huddi ular tarmoqli biznes yurutadigan katta biznesmenlardan ham bandroqdeklar. Bu bir bahona holos. Keling buni isbotlaymiz. Har bir odam yiliga 100 ta kitob o’qishi mumkin.
100 ta kitob agar kitobda 50 000 tadan so’z bo’lsa jami = 5 millionta so’z
5 million so’z / 200 ta so’z minutiga = 25 000 minut
25 000 minut / 60 minut = 417 soat.
Nima, sizda bir yilda 417 soat vaqt yo’qmi?
Tadqiqotlar har bir zamonaviy odam har yili ijtimoiy tarmoqlarga 608 soat va 1642 soatni esa YouTube uchun, filmlar va televizor ko’rish uchun sarflashini aniqladi. Jami 2250 soat. Bu 2250 soat davomida foydalidan ko’ra befoyda materiallarga ko’proq vaqt sarflashingizni o’zingiz ham yahshi bilasiz. Agar siz bo’sh vaqtingizni 20-50% qismini kitob o’qishga sarflasangiz to’g’ri va omadli hayot kechirish uchun to’g’ri yo’lga tushib olasiz.
Nima uchun kitob o’qish kerak?
Kitob o’qish har qanday ishda ustunikka yetaklovchi muhim omildir. Kitob tanlashda nafaqat badiiy, balki, har qanday sohada foydasi tegadigan kitoblarni o’qing. Kitobni diqqat bilan tanlash kerak va imkon boricha amaliyotda qo’llanilishi kerak. Millarderlar o’z muvofaqqiyatlarini kitob o’qish bilan bog’lashadi.
Nega doim kitob o’qish kerak? Chunki millarderlar shunday qilishadi.