O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi PQ-3371-sonli Qarori asosida 2019-yil 18-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi, Adliya Vazirligi hamda Birlashgan millatlar tashkilotining O’zbekistondagi doimiy vakili tomonidan tasdiqlangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha” chora-tadbirlar rejasining 16-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyatining barcha shahar-tumanalarida Prokuratura, O’zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi hamkorligida “Yoshlar Vatan xizmatida, rostgo’ylik va qonunlarni hurmat qilish tarafdori” shiori ostida e’lon qilingan ijodiy ishlar tanlovi bo’lib o’tgan edi. Tanlov kollej o’quvchilari o’rtasida ja’mi 2000 dan ziyod yoshlar ishtirokini qamrab oldi.
Joriy yilning 23-oktyabr kuni O’zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyat Kengashining Nurafshon shahridagi viloyat Yoshlar Markazi binosida mazkur tanlovning Toshkent viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Unda viloyatning 22 ta tuman-shahrlaridan ja’mi 66 nafar ishtirokchi qatnashdi. Malakali mutahassislardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilar 3 ta yo’nalish: “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi surat” va “Eng yaxshi bayon” nominatsiyalari bo’yicha baholandilar. Kun davomida ishtirokchilar nafaqat bellashdilar balki, Yoshlar Markazi binosi bo’ylab taqdim etilgan o’z tengdoshlarining mavzuga doir ishlarini ham tomosha qilib, o’zaro hamfikr bo’lishdi. Ijodiy ishlarga nazar tashlar ekansiz, yoshlarning qalbidagi o’y-fikrlari musaffo ekanligi va ularda Vatanga bo’lgan muhabbat hissi ustun ekanligini ko’rasiz. Tabiiyki, ularning ijodiy ishlarida qonunbuzarliklar, hususan korrupsiyadek millat va jamiyat kelajagi kushandasi bo’lgan illatga qarshi murosasiz munosabat barq, urib turibdi. Yoshlar o’z ijod na’munalri orqali ichki dunyosi, tafakkurida paydo bo’layotgan fikrlarini qog’ozga tushura olishida ularning huquq, ma’naviyat, rassomchilik, fotosuratchilik va adabiyot bo’yicha olgan bilim va tajribalari, mashqlari yuzaga chiqadi.
Tanlov yakunida hakamlar tomonidan yuqorida keltirilgan 3 ta nominatsiya bo’yicha g’oliblar nomi e’lon qilindi. Yakuniy hulosalarga ko’ra, “Eng yaxshi plakat” yo’nalishida Bekobod shahar Qurilish va kommunal xo’jalik kasb-hunar kolleji 3-bosqich o’quvchisi Inoyatov Ismoilbek, “Eng yaxshi surat” yo’nalishi bo’yicha Chirchiq shahar Sanoat va hizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji 3-bosqich o’quvchisi Sharapova Rushana hamda “Eng yaxshi bayon” yo’nalishi bo’yicha Olmaliq shahar Ijtimoiy-iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji 3-bosqich o’quvchisi O’razqulova Zulfizarlar 1-o’ringa loyiq deb topildilar. Bundan tashqari yana 6 nafar o’quvchi-yoshlar yo’nalishlar bo’yicha 2-3-o’rinlarga munosib ko’rilib O’zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyat Kengashi tomonidan ramziy mukofot, badiiy kitoblar va Diplomlar bilan taqdirlandilar.
Домой / Без рубрики / “Yoshlar Vatan xizmatida, rostgo’ylik va qonunlarni hurmat qilish tarafdori” shiori ostida e’lon qilingan ijodiy ishlar tanlovining Toshkent viloyat bosqichi g’oliblari nomlari e’lon qilindi.