YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkaziladi

Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkaziladi

Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkaziladi

 Bu borada Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining “Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi buyrugʻi tasdiqlandi.

Unga koʻra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari 2025-yil 21–25-aprel kunlari attestatsiyadan oʻtkazilаdi.

Pedagog kadrlarini test sinovlaridan oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

➡️Pedagog kadrlar uchun malaka sinovlari test shaklida tashkil etiladi hamda test sinovlari markazlashgan holda kompyuterlarda real vaqt rejimida (onlayn) o‘tkaziladi;

➡️Test sinovlarini tashkil etish, oʻtkazish va nazorat qilish quyidagi yoʻriqnoma (https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2025/04/11/f83c6299-ed83-88c0-0931-2e51d4fd786a_media_.pdf)ga muvofiq amalga oshiriladi;

➡️Attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog kadrlar natijalar e’lon qilingan kundan o‘n kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda yoki vazirlikning rasmiy elektron pochtasi (pedapellatsiya@edu.uz) orqali ariza (shikoyat) berishlari mumkin.

✔️2025-yil 15-aprelga qadar pedagog kadrlarga test sinovlarida ishtirok etishlari uchun ruxsatnomani pedagog.edu.uz platformasi orqali yuklab olish imkoniyati yaratiladi.

Test sinovi jarayonlarini test sinovlari oʻtkaziladigan muassasalarning rasmiy veb-sayti orqali onlayn translyatsiya qilish yoʻlga qoʻyiladi.

Test sinovlari onlayn test sinovlari platformasi (test.bimm.uz) orqali oʻtkaziladi.