O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida pedagog xodimlar ish faoliyatining vaqt me’yorlarini tasdiqlash tо‘g‘risida qo‘shma qaror qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan qabul qlingan qo‘shma qarorga asosan quyidagilar belgilandi.
O‘rta maxsus taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining oʻquv yili boʻyicha oʻquv yuklamasining soatlardagi hajmi mazkur paragrafda belgilangan vaqt meʼyorlaridan kelib chiqib, pedagog xodimlarning lavozimlariga qoʻyilgan malaka talablari asosida hisoblanadi.
O‘rta maxsus taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining egallab turgan lavozimlari boʻyicha oʻquv yuklamasi hajmi oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarining taklifiga muvofiq oʻrta maxsus taʼlim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘rta maxsus taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining auditoriyadagi va auditoriyadan tashqari о‘quv ishlari yuklamasining 1 (bir) stavka miqdori 1 000 soat etib belgilanadi.
O‘rta maxsus taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining o‘quv yuklamasi hajmi kafedra yig‘ilishining taklifiga asosan o‘rta maxsus ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qarori bilan 30 foizgacha o‘zgartirilishi mumkin.
Pedagog xodimning oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-pedagogik ishlari hajmi – mazkur paragrafda belgilangan ish turlarini bajarish zaruriyatidan kelib chiqib, pedagog xodimning lavozimiga qoʻyilgan malaka talablari, lavozim majburiyatlari hamda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda oʻquvchilarning qobiliyat va isteʼdodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda pedagog xodimning oʻz ustida mustaqil ishlashi, oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy pedagogik ishlariga oid yillik ish rejasida nazarda tutiladi.
Pedagog xodimlarning oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-pedagogik ishlari hajmi oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarining taklifiga muvofiq oʻrta maxsus taʼlim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Mazkur vaqt meʼyorlari professional taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining ish faoliyati hajmini aniqlash uchun asos hisoblanadi.
Professional taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining shaxsiy yillik ish rejasi hamda ularning asosiy faoliyat turlariga sarflanadigan vaqt meʼyorlari oʻquv yilidagi 1540 soat miqdoridagi ish vaqtining jamlangan hisobidan kelib chiqadi.
Ushbu vaqt me’yorlari uchun ajratilgan soatlar hajmiga yoki taʼlim jarayoniga oid boshqa ish turlariga professional taʼlim muassasasi pedagogik kengashining qarori bilan umumiy soatlar miqdori 1540 soat doirasida 30 foizgacha oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
O‘quvchilarning kasb boʻyicha tashkil etilgan xalqaro miqyosdagi tanlovlardagi ishtiroki uchun – 1000 soat ajratiladi.
Pedagog xodimlar oʻrtasida oʻtkaziladigan xalqaro miqyosdagi tanlovda ishtiroki uchun – 500 soat ajratiladi.
Faoliyatiga doir mahsulotlar va xizmatlarini xalqaro miqyosdagi koʻrgazmalarda namoyish etganligi uchun – 500 soat ajratiladi.