Bekobod shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida «O‘zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti» nomli tadbir o‘tkazildi. Tadbir millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni targ‘ib qilish, yoshlarni turli millatlarning boy madaniyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida texnikum o‘quvchilari turli xalqlarning urf-odatlari, milliy qadriyatlari, liboslari va taomlarini namoyish etdilar. Ishtirokchilar sahna chiqishlari, ko‘rgazmalar va ijodiy loyihalar orqali turli madaniyatlarning rang-barangligini aks ettirdilar.