YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Ohangaron tuman 2-son politexnikumida milliy qadriyatlarni targ‘ib etuvchi sayl tashkil etildi

Ohangaron tuman 2-son politexnikumida milliy qadriyatlarni targ‘ib etuvchi sayl tashkil etildi

Milliy qadriyatlarimizni yosh avlod ongiga singdirish, ularni urf-odatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida Ohangaron tuman 2-son politexnikumida «Sumalak sayli» tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida politexnikum o‘quvchilari milliy kiyimlar kiyib,  milliy taomlar tayyorladi. Sayl jarayonida o‘quvchilar milliy an’analarimizga bo‘lgan hurmatini amaliy harakatlari bilan namoyon etdilar.

 

Tadbir samimiy muhitda, o‘quvchilar va ustozlarning faol ishtirokida o‘tdi va yoshlarning milliy o‘zlikni anglashiga xizmat qildi.