YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Ohangaron Yoshlar texnoparkiga tashrif

Ohangaron Yoshlar texnoparkiga tashrif

2024-yil 24-may kuni Toshkent viloyati Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar boshqarma boshlig`i Nasiba Kulbekova faoliyati bilan tanishdi.

❇️ Ma`lumot uchun Toshkent viloyati Yoshlar Texnoparki 2021-yil 17-fevralda tashkil etilgan. Texnopark faoliyatining asosiy vazifalari etib hududlarda ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar, texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari bilan hamkorlikda yoshlarni intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirish; yoshlarning tahliliy fikrlash, ularni ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iboratdir.