14-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “OKMK” AJda tashkilot rahbariyati bilan muzokara o‘tkazdi. Muloqot davomida Muhandislik maktabining oliy ta’lim bilan hamkorlikdagi faoliyati, undagi innovatsion loyihalar va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
Shundan so‘ng, vazir “Qalmoqqir” kon boshqarmasi hamda “Yoshlik I” konida bo‘lib, u yerda olimlar tomonidan amalga oshirilayotgan tadqiqotlar bo‘yicha fikr almashildi. O‘quv jarayonida talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash imkoniyatlari haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Ammofos-Maxam“ AJning 2024-yilda yonilg‘i-energetik resurslarni iqtisod qilish bo‘yicha tashkiliy texnik chora-tadbirlar rejasi bilan ham tanishdi.
Mazkur idorada suv tizimining texnologik sxemasini takomillashtirish hisobiga yoqilg‘i energiya resurslarini iqtisod qilish bo‘yicha tahliliy yechimlar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.