YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Olimlar Toshkent viloyatida energiya resurslaridan foydalanish holatini o‘rganishmoqda

Olimlar Toshkent viloyatida energiya resurslaridan foydalanish holatini o‘rganishmoqda

200 nafardan ortiq olimlar Toshkent viloyatida energiya resurslaridan foydalanish holatini o‘rganishmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yil 27-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda elektr energiya yo‘qotishlarini kamaytirish va resurslarni tejash bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyatining 22 ta shahar va tumanlarida joylashgan yirik va o‘rta energiya iste’molchilari hamda energiya ta’minot korxonalarida energiya samaradorligi bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda.

Ushbu ishlarga 7 ta oliy ta’lim muassasasidan 232 nafar professor-o‘qituvchi va ilmiy xodimlar jalb qilingan. Ular hududlardagi yirik va o‘rta energiya iste’molchilari hamda sanoat korxonalarining energiya sarfini o‘rganib, aniqlangan holat yuzasidan  tahliliy yechimlar bermoqdalar.

Jumladan, 13-sentyabr kuni Toshkent viloyati hokimligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, mahalliy hokimliklar hamda prokuratura mutasaddilari hamkorligida oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan Chirchiq shahri, Qibray va Parkent tumanlaridagi podstansiyalar, transformatorlar, elektr tarmoqlari, gaz tarqatish qurilmalari, ishlab chiqarish korxonalarining texnologik jarayon va energiya uskunlarida o‘lchov-nazorat ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlar va aholi orasida energiya tejovchi qurilmalar hamda quyosh panellarining afzalliklari va ularga beriladigan imtiyozlar haqida mutaxassislar tomonidan mahallabay tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.