Toshkent viloyati Angren shahar 2-son kasb-hunar maktabi hamda Islom karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali o‘rtasida 2023 yil 7 aprel kuni hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Hamkorlik shartnomasi asosiy maqsadi kasb-hunar maktabi o‘qituvchilariga dars jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo’yicha metodik yordam ko’rsatish, o‘quv mashg‘ulotlarini samarali va mazmunli o‘tkazish bo‘yicha uslubiy ishlanmalar tayyorlashda ko‘maklashish.
Shu kuni uzida universitet pedagoglari tomonidan amaliy seminar o‘tkazildi.