Joriy yil 10-dekabr kuni Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining «Kattalarda hamshiralik ishi» kafedra o’qituvchilari Xolboyeva N.B., Djo’rayeva Sh.Sh, Subanova S.S. tomonidan texnikumning I-II kurs o’quvchilarini kasbga yo’naltirish hamda hamkorlik ishlarini mustahkamlash maqsadida Toshkent Tibbiyot аkademiyasiga tashrif buyurildi.
«Odam anatomiyasi va OXTA» kafedrasi dotsenti Xojanazarova Saulexan Jubatirovna o’quvchilarga «Suyaklar o’zaro birlashuvi. Bo’g’imlar va ularning turlari» mavzusida ochiq dars o’tib berdi, o’quvchilar bilan savol-javob o’tkazdi.
«Odam anatomiyasi va OXTA» kafedrasi dotsenti Niyozov N.Q «Pirogov stoli yordamida ovqat xazm qilish sistemasining anatomik tuzilishini o’rganish» mavzusida dars o’tkazdi.
«Simulyatsion markaz», «Aqlli poliklinika», TTA muzeyi hamda zamonaviy kutubxonaga tashrifidan o’quvchilar kelgusida Tibbiyot akademiyasida o’qish istagi borligini bildirdilar.