YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Oliy ta`limda talabalar uchun bunyodkorlik ishlari

Oliy ta`limda talabalar uchun bunyodkorlik ishlari

Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N.Z.Kulbekova Chirchiq davlat pedagogika universitetiga borib, ta`lim muassasadagi talaba yoshlar uchun yaratilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida boshqarma boshligʻiga taʼlim muassasasi rektori Gʻ.Muxamedov hamrohlik qilib, dargohdagi «creative park» hamda 700 oʻrinlik talabalar turar joyining qurilish ishlari bilan tanishtirdi.