Davlatimiz rahbari tomonidan professional ta’lim va oliy ta’lim tizimlarini integratsiyalash borasida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida o‘zaro hamkorlik mustahkamlanyapti.
❇️ Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali hamda Bekobod shahar kasb-hunar maktabi rahbariyatlari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.
Muzokaralarda yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, kasb-hunar maktabi bitiruvchilarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qishini davom ettirishlariga ko‘maklashish chora-tadbirlari belgilandi.
✅ Hamkorlik doirasida kasb-hunarning o‘qitish metodologiyasini takomillashtirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, hamjihatlikda yoshlarni kasb-hunar va ilmga yanada qiziqtirishga kelishib olindi.