Oliy va professional ta’lim sohasida koreyalik mutaxassislar O‘zbekistonga jalb qilinadi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yonni qabul qildi.
Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishi bo‘lgan oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbollarini muhokama qildi.