Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatdagi Oliy va professional ta’limdagi islohotlar toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press tur tashkil etildi.
Hammamizga ma’lumki, hurmatli Yurtboshimiz tomonidan ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilib, ta’lim muassasalarining faoliyati tubdan isloh qilinmoqda. Shu o’zgarishlarni keng ommaga yetkazish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Toshkent viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida press tur tashkil etildi.
Press turining asosiy maqsadi Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul jarayonlari hamda talabalarga yaratilgan qulayliklar haqida keng jamoatchilikni xabardor qilishdan iborat.
Ushbu tadbir davomida jurnalistlar va axborot vositalari vakillari oliy ta’lim muassasalarining zamonaviy infratuzilmasi, yangi o’quv dasturlari, talabalarga ko’rsatilayotgan xizmatlar hamda ilmiy va innovatsion faoliyat bilan yaqindan tanishdilar. Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan yangilanishlar va talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
Press tur ishtirokchilari ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan yangi yondashuvlar, laboratoriyalar va ilmiy markazlar bilan tanishib, ularning faoliyati haqida batafsil ma’lumot oldilar.
Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalaridagi o‘zgarishlar haqida ommaga kengroq ma’lumot yetkazish orqali, ta’lim sohasidagi islohotlarning natijalarini yanada ko‘proq fuqarolarimizga yetkazish va ularning ta’lim sifatiga bo‘lgan ishonchini oshirish ko‘zda tutilgan.