YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Olmaliq Muhandislik maktabiga tanishuv tashrifi

Olmaliq Muhandislik maktabiga tanishuv tashrifi

Olmaliq Muhandislik maktabiga tanishuv tashrifi

O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab muhandislik sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari rektorlari va ularning sanoat hamkorlari 18, 19, 21 va 22-oktyabr kunlari Olmaliq Muhandislik maktabiga tashrif buyurmoqdalar. Ushbu tashrif davlat rahbarining muhandislik ta’limini rivojlantirish bo‘yicha topshirig‘iga asosan amalga oshirilmoqda va sanoat bilan ta’lim o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Maxkamov hamda Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Farg‘ona viloyatidan vakillar ushbu tanishuv tashrifida ishtirok etadi. Har bir oliy ta’lim muassasasi o‘zining sanoatdagi hamkori bilan birga Muhandislik maktabning o‘quv va amaliyot jarayonlari, laboratoriyalari, texnoparklari va boshqa texnik bazalari bilan tanishdi. Tashrifning asosiy maqsadi ta’lim jarayonida sanoat bilan yaqin aloqada bo‘lish, talabalarga amaliy bilimlarni chuqurroq singdirish, va sanoat talablariga mos muhandislarni yetishtirishga qaratilgan hamkorlikni rivojlantirishdir.

Shundan so‘ng, delegatsiya vakillari 3-mis boyitish fabrikasiga yo‘l oldi. Fabrika mis rudalarini boyitish jarayonlari bilan tanishtirildi, unda konlardan olib kelingan ruda yuqori texnologiyalar yordamida qayta ishlanadi. Mehmonlar boyitish jarayonining har bir bosqichi, ishlab chiqarish quvvati va sanoatga innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlardan xabardor bo‘ldilar.