Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan 2019 yil 7-noyabr kuni Olmaliq shahar Kon metallurgiya kasb-hunar kollejida “Men hayotni sevaman” mavzusida psixologlarning viloyat o’quv-amaliy seminari bo’lib o’tdi.
Seminar ishida Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi bosh uslubchi-maslahatchisi S.Hamrakulova, Toshkent viloyatidagi kasb-hunar kollejlarining psixologlari, xamkor tashkilotlar vakillari, OAV lari xodimlari ishtirok etdilar.
Seminar O’zbekiston Davlat madhiyasini kuylash bilan boshlandi.
S. Hamrakulova “Men hayotni sevaman” mavzusida tashkil etilgan o’quv-amaliy seminarning maqsadi, psixologlar faoliyatidagi asosiy talab va ularning ta’lim muassasasida tutgan o’rni kelgusidagi vazifalar yuzasidan ma’ruza qildi.
Olmaliq shaxridagi kasb-hunar ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan psixologlarning faoliyati bilan tanishildi, ular tomonidan mavzuga doir taqdimot va psixologik trening o’tkazildi.
Muxtaram yurtboshimiz tomonidan tashlangan 5 ta muxim tashabbus ijrosi yuzasidan Kon metallurgiya kasb-hunar kollejida tashkil etilgan “Badiiy havaskorlik” to’garagi a’zolari jozibali raqs, qo’shiq va she’rlar ijro etib, saxna ko’rinishlari orqali o’zlarining iqtidorlarini namoyon etdilar.
Seminar ishida psixologlarning olib borayotgan ishlari taxlil etildi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Домой / Без рубрики / Olmaliq shahar Kon metallurgiya kasb-hunar kollejida “Men hayotni sevaman” mavzusida psixologlarning viloyat o’quv-amaliy seminari bo’lib o’tdi.