YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Olmaliq shahar politexnikumida ekologiya bo‘yicha hududiy tanlov o‘tkazildi

Olmaliq shahar politexnikumida ekologiya bo‘yicha hududiy tanlov o‘tkazildi

 

«Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?» nomli hududiy ko‘rik-tanlov Olmaliq shahar politexnikumida bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlov yoshlarning ekologik huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Tanlov to‘rt shart asosida o‘tkazilib, ishtirokchilar nafaqat ekologiya bo‘yicha bilimlarini namoyon etdi, balki o‘z loyihalarini taqdim etish orqali ijodiy mahoratlarini ham ko‘rsatdi.

Natijalar:

1-o`rin —  Olmaliq shahar politexnikumi – “Tabiat farzandlari” jamoasi

2-o`rin — Ohangaron shahar politexnikumi – “Greenforce” jamoasi

3-o`rin — Angren shahar politexnikumi – “Tabiat himoyachilari” jamoasi

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tanlov barcha ishtirokchilar uchun bilim va tajriba almashishning ajoyib maydoniga aylandi.