YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Olmaliq shahrida “Badiiy san’at–ziyo manbai” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Olmaliq shahrida “Badiiy san’at–ziyo manbai” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

     Joriy yilning 29-aprel kuni Toshkent viloyati Kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tomonidan Olmaliq shahrida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o’qishga qiziqishini oshirish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusini ijrosini ta’minlashga qaratilgan “Badiiy san’at–ziyo manbai” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
Tadbir “O’qituvchi” nashriyoti tomonidan tashkil etilgan “Kitob aksiyasi” loyihasi bilan boshlandi.
Mazkur tadbirda Kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, Olmaliq shahar hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, viloyatdagi barcha kasb-hunar ta’limi muassasalarining axborot resurs markazlari rahbarlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari kitoblar xarid qilib, kollejlar kutubxonalariga hamda Olmaliq shaxridagi 80-sonli ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilariga sovg’a qildilar.