YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Oqqo‘rg‘on tuman 2-son texnikumida milliy qadriyatlarni targ‘ib etuvchi sayl tashkil etildi

Oqqo‘rg‘on tuman 2-son texnikumida milliy qadriyatlarni targ‘ib etuvchi sayl tashkil etildi

Milliy qadriyatlarimizni yosh avlod ongiga singdirish, ularni urf-odatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida Oqqo‘rg‘on tuman 2-son politexnikumida “Ona yurtim maskanlari: urf-odatlar, udumlar va qadriyatlar” mavzusida o‘quvchilar ishtirokida milliy sayl tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida politexnikum o‘quvchilari milliy kiyimlar kiyib, o‘zbek milliy taomlarini tayyorlab, lapar aytishuvlari, arqon tortish musobaqalari kabi xalqona o‘yinlarda faol qatnashdilar. Sayl jarayonida o‘quvchilar milliy an’analarimizga bo‘lgan hurmatini amaliy harakatlari bilan namoyon etdilar.

Tadbir samimiy muhitda, o‘quvchilar va ustozlarning faol ishtirokida o‘tdi va yoshlarning milliy o‘zlikni anglashiga xizmat qildi.