YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / O’zbekiston Davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Angren akademik litseyi hayotidan lavhalar.

O’zbekiston Davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Angren akademik litseyi hayotidan lavhalar.

        Mazkur lisey O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 18 sentyabrdagida 267-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan bo’lib, bugunda  4 ta ta’lim yo’nalishi faoliyat olib bormoqda
I  Xorijiy tillar – ingliz tili, koreys tili ikkinchi til sifatida o’qitiladi (o’zbek va rus  guruhlarda)
II  Ijtimoiy fanlar (o’zbek va rus  guruhlarda)
III Aniq fanlar (o’zbek guruhi)
IV Tabiiy fanlar  (o’zbek guruhi)
Hozirgi kunda jami 357 ta o’quvchi tahsil olmoqda
I – kursda 90 ta
II- kursda 130 ta
III –kursda  137 ta
Litseyda 25 ta pedagog faoliyat yuritmoqda.
Shundan: 3 nafari fan nomzodi, dosent, etakchi o’qituvchi 2 ta, katta o’qituvchi  6 ta, oliy ma’lumotli o’qituvchi  14 ta.
Chet tili o’qituvchilarni salohiyati yuqori darajada. Ingliz tilidan 5 ta pedagog dars beradi. Ularning barchasi SEFR sertifikatiga ega, bundan tashqari ularning 2 nafari TFT -2 darajasidagi, 2 nafari TFT -1 darajasidagi xalqaro trenerlik sertifikatiga ega.
Koreys tili o’qituvchilarining har ikkisi ham eng yuqori 6 –darajadagi TOPIK ga ega. Akademik lisey Koreyaning O’zbekiston ta’lim markazi bilan memerandum  imzolagan.
O’quvchilar yutuqlarini fan  olimpiadasi natijalari bilan o’lchasa bo’ladi. Respublika fan olimpiadasining 3-bosqichida 2 nafar o’quvchi  g’oliblikni qo’lga kiritdi: Geografiya fani bo’yicha III-kurs o’quvchisi Karimov Sardor  I –o’rinni egallab, Respublika bosqichiga yo’llanma oldi; II- kurs o’quvchisi Abdumalikov G’iyosiddin ingliz tili fani bo’yicha keyingi yil o’tkaziladigan Respublika fan olimpiadasining viloyat bosqichida to’g’ridan to’g’ri yo’llanmani qo’lga kiritdi.
O’quvchilarni  15 nafari IELTS dan 5,5 balldan  — 7,0 balgacha topshiri va 7 nafar o’quvchi koreys tili TOPIK sefrini topshirdi.
Litseyda tashkil etilgan “Reading club”to’garagi a’zolari 10 nafari chet tilini bilish darajasi to’g’risidagi sinovdan o’tib yuqori ball bilan sertifikatga ega bo’ldi. Bugungi kunda  24 nafar o’quvchi muvofaqiyatli testlarni topshirdi.
Sport sohasiga xam liseyda e’tibor kuchli.  2017 yilda   o’quvchi Fayzov Xudoynazar O’zbekiston chempioni bo’lishga erishib, Oliy ta’limga yo’llanma oldi. O’quvchi To’xtajonova Hosiyat O’zbekiston, Qozog’iston, Koreya va boshqa mamlakatlarda o’tkazilgan sportning “Qo’l jangi”  sa’nati bo’yicha I o’rin sovrindori.