Yangiliklar

Yangi o’quv yiliga tayyorgarlik davom etmoqda

Toshkent davlat agrar universitetida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish maqsadida kóngilli talabalardan iborat quilish otryadi tuzilib, talabalar turar joylari hamda o’quv binolarini joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu qurilish otryadiga 24 nafar kóngilli talabalar  jalb etilgan bolib, ularga ikki mahal issiq ovqat tashkil etilib, moddiy rag’batlantirilmoqda. Shuningdek, qurilish otryadi a’zolari maxsus kiyimlar bilan ta’minlandi.

Batafsil

Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz — birlashsak Vatanmiz!

“Yoz mavsumida mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish to‘g‘risida”gi 2024-yil 15-iyuldagi 26-Q/Q-sonli qo‘shma qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filiali tashabbusi bilan joriy yilning 1 avgust kuni Nurafshon shahrining mahalla yoshlari o‘rtasida intellektual, sport musobaqalari ya’ni, zakovat intellektual o‘yini, shaxmat-shashka, mini futbol, basketbol sport turlari bo‘yicha “Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz — birlashsak Vatanmiz!” deb nomlangan …

Batafsil

Yangi o’quv yiliga tayyorgarlik davom etmoqda

Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i N.Kulbekova  Oqqo’rg’on  tuman 2-son kasb-hunar maktabini 2024/2025-o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha amalga  oshirilayotgan ishlari bilan tanishdi.   Ta`lim muassasasida bugungi kunda obodonlashtirish ishlari, o`quv xonalari va ustaxonalarida ta`mirlash ishlari olib borilmoqda. Boshqarma boshlig’i tashrif davomida mutasaddi rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berdi. Oqqo’rg’on  tuman 2-son kasb-hunar maktabi 2007-yil foydalanishga topshirilgan bo’lib, 585 nafar …

Batafsil

Professional ta`lim muassasalarida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rilmoqda

Professional ta`lim muassasalarida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rilmoqda Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i N.Kulbekova  Oqqo’rg’on  tuman 1-son kasb-hunar maktabida bo’lib, muassasada 2024/2025-o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha amalga  oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishdi va mutasaddi rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berdi. Oqqo’rg’on  tuman 1-son kasb-hunar maktabi 1989-yili xunar texnika bilim yurti negizida tashkil topgan bo’lib, 2019-yildan  kasb-hunar maktabi …

Batafsil

“BITIRUVCHI-2024” BITIRUVCHI BAKALAVR VA MAGISTRLARGA DIPLOM TOPSHIRISH MAROSIMI

“BITIRUVCHI-2024” BITIRUVCHI BAKALAVR VA MAGISTRLARGA DIPLOM TOPSHIRISH MAROSIMI Joriy yilning 26-iyul kuni Chirchiq davlat pedogogika universitetida 2023/2024-oʻquv yili bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi Fayziyeva Sayyora Mavlyanovna ishtiroq etdi. Tadbirda Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N.Kulbekova soʻzga chiqib, bitiruvchilariga kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar hamda yurtimiz uchun munosib kadrlar …

Batafsil

O‘rta bo‘g‘in kadrlarni tayyorlashda yangicha yondashuv

O‘rta bo‘g‘in kadrlarni tayyorlashda yangicha yondashuv Bugun agrar sohaga kirib kelayotgan innovatsiya, ilg‘or smart texnologiyalar agrar soha mas’ullarining oldiga yangidan — yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Ayniqsa, o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash, mavjud kadrlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biriga aylanib ulgurgan. Agrar sohada malakali kadrlar, xususan, oliy va undan keyingi ta’lim jarayonida mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish kechiktirib …

Batafsil

Professional ta`limda yangi o’quv yiliga tayyorgarlik boshlandi

Professional ta`limda yangi o’quv yiliga tayyorgarlik boshlandi Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i N.Kulbekova  Bekobod  tumani kasb-hunar maktabida bo’lib, muassasada 2024/2025-o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha amalga  oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishdi va mutasaddi rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berdi. Bekobod  tumani kasb-hunar maktabi 2007-yil foydalanishga topshirilgan bo’lib, quvvati 540 nafar o’quvchilar tashkil etadi. 2024/2025-o’quv yiliga 469 nafar 9-sinf …

Batafsil

Bugun Prezidentimiz tugʻilgan kun!

Davlatimiz rahbari tomonidan taʼlim va ilm-fan uchun qulay muhit yaratish, innovatsiya va texnologik taraqqiyotni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarning maqsadi yurtimiz kelajagini barpo etuvchi bilimli, yaratuvchan, ijodkor, Vataniga sadoqatli, insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qoʻshadigan, global chaqiruvlarga shay avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Prezidentimizning inson kapitali va ilm-fanni rivojlantirish yoʻlidagi saʼy-harakatlari tufayli bugungi kunda yoshlarning bilim olish, malakali mutaxassis boʻlib yetishish imkoniyatlari salmoqli darajada kengaydi, professor-oʻqituvchilar …

Batafsil

Omad sizlarga, aziz bitiruvchilar!

✅️ Joriy yilning 23-iyul kuni Olmaliq kon metallurgiya kollejida   «Bitiruvchi-2024» nomli  bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo’lib o’tdi. Ta’lim muassasasida joriy o’quv yilida 7 ta mutaxasisslik bo’yicha 193 nafar  o’quvchilar bitirgan bo’lsa,  shulardan 15 nafari a’lo darajali qizil diplom bilan tamomladi. Tadbirda Olmaliq shahar hokim o’rinbosari S.Ahmedov, OKMK AJ hamkor korxona «O’quv markazi» mutaxassislari B.Niyozmetov, S.To’raboyev hamda kollej direktori M.Sattarov …

Batafsil

Kasb-hunar maktablariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish yakuni raqamlarda

#qabul2024 #infografika ⚡️Kasb-hunar maktablariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish yakuni raqamlarda Yakuniy raqamlar (20-iyul soat 23:59 holati)ga ko‘ra, kasb-hunar maktablariga jami 136 376 nafar o‘quvchi onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan, kunduzgi ta’lim shakli uchun 121 893 ta, dual ta’lim shakli uchun 14 483 ta ariza yuborilgan. Ma’lumot uchun bu yil kasb-hunar maktablariga jami 123 570 nafar o‘quvchi qabul qilish reja qilingan.

Batafsil

Bakalavr va magistratura qabuli uchun davlat granti o‘rinlari ajratildi

#kvota2024 #davlat_buyurtmasi Bakalavr va magistratura qabuli uchun jami 44 203 ta davlat granti o‘rinlari ajratildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra: bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 838 nafar; magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 9 365 nafar grant o‘rinlari ajratildi. Shuningdek, Davlat …

Batafsil

Oliy ta`limda talabalar uchun bunyodkorlik ishlari

Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N.Z.Kulbekova Chirchiq davlat pedagogika universitetiga borib, ta`lim muassasadagi talaba yoshlar uchun yaratilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Tashrif davomida boshqarma boshligʻiga taʼlim muassasasi rektori Gʻ.Muxamedov hamrohlik qilib, dargohdagi «creative park» hamda 700 oʻrinlik talabalar turar joyining qurilish ishlari bilan tanishtirdi.

Batafsil

Rossiya va Oʻzbekistonning fan va oliy taʼlim sohasidagi hamkorligi

YANA BIR QADAM Joriy yilning 19-iyul kuni “Sputnik Oʻzbekiston” matbuot markazida “Rossiya va Oʻzbekistonning fan va oliy taʼlim sohasidagi hamkorligi” mavzusida videokoʻprik boʻlib oʻtdi. Muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev hamda Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Konstantin Mogilyovskiy, oliy va professional ta‘lim muassasalaridan vakillar xamda jurnalistlar ishtirok etdilar. Videokoʻprik davomida …

Batafsil

Ўқишга марҳамат!

Паркент тумани педагогика коллежининг педагог ходимлари томонидан  тест синовлари  ташкиллаштирилган жойларда ота-оналар хамда тест синовларидан чиқиб келган абитуриентлар ўртасида  ўқишга қабул юзасидан таргибот-ташвикот ишларини олиб бормоқда.

Batafsil

Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi

“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi»  doirasida kompleks targʻibot tadbirlari oʻtkazildi. Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasining kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari viloyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar  boshqarmasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazdi. Tadbirda fuqarolarning kiberjinoyatlar qurboniga aylanishining oldini olish hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Batafsil