Zangiota tumani 2-son kasb-hunar maktabi o’quvchilari o’rtasida «Zakovat» intellektual o’yini o’tkazildi. O’yin 3 ta guruh ishtirokida bo’lib o’tdi hamda ishtirokchilarga E.Vohidovning she’riy to’plami esdalik sovg’a sifatida topshirildi.
BatafsilYangiliklar
Hosil bayrami
Yangiyo’l shahri 2-son kasb-hunar maktabining I-II bosqich o’quvchilari o’rtasida «Yangiyo’l yerining saxovati» shiori ostida hosil bayrami bo’lib o’tdi. Tadbirda qishloq xo’jaligi mahsulotlari ko’rgazmasi tashkil qilindi. Bayramdan so’ng o’qituvchilar va o’quvchilar birgalikda olib kelingan mahsulotlarni boquvchisini yo’qotgan va kam ta’minlangan oilalarga olib borib, ehson qildilar.
BatafsilМеҳр-мурувват эзгу фазилатлардан бири ўзбек халқи миллий қадриятларидандир
Меҳр-мурувват эзгу фазилатлардан бири ўзбек халқи миллий қадриятларидандир Жорий йил 23-октябрь куни Олмалиқ Абу Али ибн Сино номидаги Жамоат саломатлиги техникуми психологи Г.Б.Каримова ҳамда ўқувчи-ёшлари иштирокида Оҳангарон шаҳрида жойлашган Тошкент вилояти Ижтимоий қўллаб қувватлаш марказида давлат қарамоғидаги нуронийлар ва ноғиронлиги бўлган шахсларни руҳан, маънан қўллаб-қувватлаш мақсадида Ўзбек тили байрамига бағишлаб «Она тилим – жону дилим» мавзусида маънавий-маърифий тадбир ташкил этилди.
BatafsilDirektor va o’quvchi qizlar uchrashuvi
Yangiyo’l tuman 2-son kasb-hunar maktabida rahbari N. Xudayberdiyev o’quvchi qizlarni muammosi o’rganish maqsadida «Direktor va o’quvchi qizlar uchrashuvi» ni o’tkazdi. Tadbirda 1,2-kurs o’quvchi qizlarning fikrini o’rganib, qiynayot muammolari, takliflarini hamda ta’lim jarayonida yaratilgan sharoitlar bilan tanishtilib ta’limni keyini bosqichini, oliygohda, o’z rejalari bo’yicha tanlagan yo’nalishlarida kasblarini davom ettirishlari bo`yicha tushuncha berdilar.
Batafsil«Заковат» интеллектуал ўйинининг навбатдаги босқичи бўлиб ўтди
Жорий йил 22-октябрь куни Олмалиқ Абу Али ибн Сино номидаги Жамоат саломатлиги техникумида ўқувчи ёшларнинг интеллектуал салоҳиятини янада ривожлантириш мақсадида гуруҳлараро «Заковат» интеллектуал ўйинининг навбатдаги босқичи ўтказилди. Тадбирда 304-гуруҳнинг «Авицена» жамоаси 204-гуруҳнинг «Жасоратли фельдшерлар» жамоалари ўзаро беллашди.
BatafsilUmumta’lim fanlar olimpiadasi boshlandi
Yangiyoʻl tumanda 21.10.2024yil sanasidan boshlab kasb-hunar maktablari 1-2-kurslar va umumta’lim maktablari 10-11-sinflar o‘rtasida fan olimpiadalari boshlandi. Yangiyo’l tuman 2-son kasb-hunar maktabi o’quvchi yoshlari Olimpiadada Tarix, Geografiya, Huquq, Ingliz tili fanlarda faol ishtirok etmoqdalar. Barcha ishtirokchi o’quvchilarga omad tilaymiz.
Batafsil21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami!
Yurtimiz bo’ylab nishonlanayotgan «Til – millat ko‘zgusi» shiori ostida 2024 yil 21-oktyabr kuni «Ona tilim — faxrim meni» mavzusida Toshkent viloyati barcha professional ta’lim muassasalarida o’quvchi yoshlar ijrosida tadbirlar bo’lib o’tdi. 21-oktabr “O‘zbek tiliga davlat maqomi” berilganining 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda o’quvchilar davlat tilida sheʼrlar va g’azallar o’qib, sahna ko’rinishlar ijro etdilar, tadbirlar ko’tarinki ruhda o’tkazildi.
BatafsilKadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar Kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-158-son, 16.10.2024 y.) qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, kasbiy ta’lim tashkilotlarining amaldagi turlari maqbullashtirilib, kasbiy ta’limning barcha darajalari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi. Texnikumlarda:
kadrlar tayyorlash Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi va O‘zbekiston …
Ўзбек тили байрами муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик
Ўзбекистон халқига байрам табриги 21.10.2024 Қадрли ватандошлар! Сизларни, сизлар орқали бутун халқимизни, она тилимизнинг барча ихлосмандларини бугунги улуғ айём – Ўзбек тили байрами ҳамда ўзбек тилига давлат тили мақоми берилганининг 35 йиллиги билан чин қалбимдан муборакбод этаман. Маълумки, миллий тил ҳар бир маданий халқнинг тарихи ва ўзлигини, руҳий-маънавий дунёсини ўзида акс эттирадиган тенгсиз бойликдир. Қадимий тарихимизнинг энг оғир ва синовли …
BatafsilTil millat ko’zgusi
Yangiyo’l tuman 2-son kasb-hunar maktabida ta’lim muassasa o’quvchi yoshlar o’rtasida «O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35-yilligi hamda 21-oktabr — O’zbek tili bayrami kuni bo`lganligi munosabati bilan «Til millat ko’zgusi!» mavzusida Ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Sh. Bo’riyev tomonidan insholar ko’rik tanlovi o’tkazildi.
BatafsilOlmaliq Muhandislik maktabiga tanishuv tashrifi
Olmaliq Muhandislik maktabiga tanishuv tashrifi O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab muhandislik sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari rektorlari va ularning sanoat hamkorlari 18, 19, 21 va 22-oktyabr kunlari Olmaliq Muhandislik maktabiga tashrif buyurmoqdalar. Ushbu tashrif davlat rahbarining muhandislik ta’limini rivojlantirish bo‘yicha topshirig‘iga asosan amalga oshirilmoqda va sanoat bilan ta’lim o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Maxkamov …
BatafsilToshkent davlat agrar universiteti talabalari uchun texnotur tashkil etildi
Toshkent davlat agrar universiteti talabalari uchun Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi Innovatsion rivojlanish sho‘basi tomonidan innovatsion hududga aylanayotgan Chirchiq shahridagi yirik ishlab chiqarish korxonalariga texnotur tashkil etildi. Texnoturdan maqsad — talabalarda intellektual salohiyatni oshirish, sanoat korxonalarda qo‘llanilayotgan ilg‘or innovatsion texnologiyalar bilan tanishtirish hamda oliy ta’lim muassasasi va tarmoq korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Talabalar Chirchiq kimyo industrial …
BatafsilOchiq dars qiziqarli o`tdi
Joriy yilning 17-oktabr kuni Oqqurg’on tuman 1-son kasb-hunar maktabida Tarix fanidan «O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi. O’zbekistonda yoshlar siyosati» mavzusida ochiq dars mashg’uloti bo’lib o’tdi. Ochiq dars mashg’ulotida ta’lim muassasasi Tarix fani o’qituvchisi I.Abduvaliyeva boshchiligida 2-bosqich 23-37, 23-38-guruhlar o’rtasida muzokarali bo’lib o’tdi. Darsda O’zbekistonda mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sport sohasida bo’lib o’tgan, dastlabki natijalar, jismoniy tarbiya va olimpiada …
BatafsilDavlat tili — milliy ma‘naviyatimiz timsoli
Bo’ka tumani 2-son kasb-hunar maktabida o‘quvchilarning ijtimoiy ma‘naviyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan «Davlat tili — milliy ma‘naviyatimiz timsoli» mavzusida insholar tanlovi o’tkazildi.
Batafsil«STRESS-MENEDJMENT VA KONFILIKTOLOGIYA» mavzusida trening o`tkazildi
Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 2-bosqich oʻquvchilari bilan texnikum psixologi Karimova Gulchehra «STRESS-MENEDJMENT VA KONFILIKTOLOGIYA» trening dasturidan «STRESS MENING HAYOTIMDA» mashgʻuloti oʻtkazdi. Mashgʻulot yakunida «STRESS» haqida mini maʼruza oʻqildi. Stressga sabab boʻluvchi omillar haqida bilim berildi. Stressogen boʻlgan vaziyatlarni aniqlash va bunday holatlarga qarshi turish usullari haqida aytib oʻtildi.
Batafsil