YANGILIKLAR
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

Yangiliklar

Давлат харидларини ташкил этиш

29 март куни Ўртачирчиқ агросаноат ва транспорт касб-ҳунар мактаби биносида Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлигининг Тошкент вилояти ҳудудий бошқармаси томонидан барча вилоят профессионал таълим муассасалари директорлари, молия ва иқтисодиёт ишлари бўйича директор ўринбосарлари, бош ҳисобчилари ва кадрлар бўйича инспекторларига “Давлат харидларини ташкил этиш” мавзусида семинар ўтказилди. ❇️ Семинарни Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлигининг Тошкент вилояти ҳудудий бошқарма бошлиғи …

Batafsil

Referendum-2023: Kelajaging uchun ovoz ber!

29-mart kuni Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tuman 1-son kasb-hunar maktabida «Referendum-2023: Kelajaging uchun ovoz ber!» shiori ostida tadbir o’tkazildi. ❇️ Tadbirda referendum tushunchasining mazmun mohiyati, yangilanayotgan Konstitutsiya O’zbekiston jamiyatining rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat ekanligi haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. ✅ Tadbirda Oqqo’rg’on tuman Adliya bo’limi mutaxasssislari V.Farmonqulov, A.Boboyorovlar ishtirok etdi. Tadbir davomida o’qituvchilarning savollariga mutahassislar tomonidan javob berildi.

Batafsil

Professional taʼlim muassasalarini metodik va ilmiy qoʻllab quvvatlash

Toshkent viloyati Ohangaron tumani pedagogika kollejida 29 mart kuni Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti bilan hamkorlikda «Professional taʼlim muassasalarini metodik va ilmiy qoʻllab quvvatlash» mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi. ✅ Seminarda kollej o’qituvchilari va 23-sonli DMTT tarbiyachilari qatnashdi. Ishtirokchilar o’zlari qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Batafsil

Яшил макон амалда

Жорий йилнинг 28 март куни Тошкент вилояти Қуйи Чирчик тумани «ТСТ agro claster» МЧЖ ҳудудида Презиндент ҳузуридаги Пахтачилик кенгаши Тошкент вилояти ишчи гуруҳи ва Олий таълим, фан инновация вазирлигининг Тошкент вилояти ҳудудий бошқармаси ҳамкорлигида «ЯШИЛ МАКОН» умуммиллий лойиҳаси буйича кўчат экиш тадбирлари давом этмоқда.

Batafsil

Milliy o’yinlar — salomatlik garovi

Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tuman 1-son kasb-hunar maktabida 28- mart kuni «Milliy o’yinlar — salomatlik garovi» shiyori ostida o’g’il bolalar o’rtasida sport o’yinlari bo’lib o’tdi. Musobaqada o’quvchilar : 1-Tosh ko’tarish; 2-Arqon tortish; 3- Lanka ; 4- Merganlik ; 5- Quvnoq startlar shartlari bo’yicha berlashdilar. Musobaqa yakunida I- bosqich 22-23 guruh “Avtomabillarni ta’minlash chilangari” yo’nalishi guruh o’quvchilari g’oliblikni qo’lga kiritdilar.

Batafsil

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Qibray tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi “Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 30-sonli qarorida 2022-yildan boshlab har yili iqtidorli yoshlarni kashf qilish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovini o‘tkazish belgilangan. Shunga asosan, 27-mart sanasida Qibray tumani Toshkent davlat Agrar universitetida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovinining Qibray tuman bosqichi o‘tkazildi. Mazkur tanlovning 1-bosqich natijalariga ko‘ra …

Batafsil

Джун Ри До бўйича “Tashkent OPEN -2023” Халқаро чемпионати

25-26 март кунлари Тошкент вилояти «Мумтозбегим Шохсаройи» таълим кластери ўқувчилари Джун Ри До бўйича “Tashkent OPEN -2023” Халқаро чемпионатида иштироқ этиб 7 нафари ғолиб бўлдилар ва нуфузли ўринларни олдилар, улардан 4 та олтин, 1 та кумуш ва 2 та бронза медалларни қўлга киритдилар.  Ғолибларни ушбу ютуқлари билан чин кунгилдан табриклаймиз ва омадлар тилаб қоламиз!

Batafsil

“Конституциявий ислоҳотлар – бугунги кун талаби, эртанинг кафолати” мавзусида семинар-тренинг

Ислом Каримов номидаги Тошкент давлат техника университети Олмалиқ филиалида “Конституциявий ислоҳотлар – бугунги кун талаби, эртанинг кафолати” мавзусида семинар-тренинг ўтказилди. Тадбирда Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутати Қизилгул Қосимова иштирок этди. Семинар-тренинг давомида Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг янги таҳрирдаги лойиҳаси мазмун-моҳияти ҳақида кенг маълумотлар берилди.  Ўзбекистон Республикаси Конституциявий Қонунининг лойиҳаси жамиятимизнинг эволюцион ривожланишидан келиб чиқаётган ҳаётий зарурат эканлиги, бу иш мамлакат, миллат ва …

Batafsil

Ajdodlar me’rosi — be’baho boylik

22 mart kuni Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tuman 2-son kasb-hunar maktab ma’muriyati tomonidan o’quvchi yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlar, ajdodlar me’rosiga bo’lgan hurmatini singdirish, o’quvchilarni ma’naviyatli bo’lishiga sabab bo’luvchi muqaddas qadamjoylarni ziyorat qilish maqsadida «Zangiota ziyoratgohi majmuasi » va o’quvchi yoshlarni badiiy adabiyotga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida «Adiblar hiyoboni» ga sayohatlar tashkil etildi. «Toshkent CITY» da o’tkazilgan saylda o’quvchilar zamonaviy inshoatlar …

Batafsil

Навруз айёми муборак бўлсин!

Ассалому алайкум, азиз ватандошлар! ♻️ Профессионал таълим барча ходимларни, бутун халқимизни улуғ айём – Наврўз байрами билан самимий табриклаймиз! Шарқона янги йилимиз муборак бўлсин! ☀️ Наврўзи оламнинг қадами қутлуғ келсин! ❇️ Бугун жонажон юртимизга гўзаллик ва нафосат, яшариш ва янгиланиш, меҳр ва оқибат байрами бўлмиш Наврўз сизга қўёш ҳароратини, келажакга бўлган умид-ишонч ҳисларини, улкан хурсандчиликлар ва ижобий ўзгаришларни олиб келсин! …

Batafsil

#Tayinlov

Yusupov Qudratjon Muhammadqodirovich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Q.Yusupov 1980-yilda Namangan viloyatida tugʻilgan. U 2002-yili Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (bakalavr), 2008-yilda Toshkent axborot texnologiyalar universiteti (magistratura)ni tamomlagan. Tayinlovga qadar, Innovatsion rivojlanish vazirligi Toshkent viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Batafsil

Olmaliq kon metallurgiya kollejida o’quv amaliy seminar bo’lib o’tdi.

Seminarda professional ta’lim muassasalarda o’quv jarayonini tashkil etish, kollej va texnikumlarda dual ta’lim prinsiplarini joriy etish, o’qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi  ustalarining yillik ish rejalarini tuzish va ijrosini ta’minlash, maxsus fan o’qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalari uchun o’qitish materiallari to’plamlarini yaratish,  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil                  4-sentabrdagi 465-sonli qaror ijrosini ta’minlashga …

Batafsil

Қишки таътилда ўқув амалий семинарлар ўтказилмоқда

Қишки таътилда ўқув амалий семинарлар ўтказилмоқда Олмалиқ кон-металлургия коллежида  Тошкент вилояти касбий таълимни ривожлантириш ва мувофиқлаштириш ҳудудий бошқармаси томонидан  ўқув-амалий семинари ташкил этилди   Батафсил: https://youtu.be/WS3DrpTCOdM

Batafsil

14 январ “Ватан ҳимоячилари куни”

14 январ “Ватан ҳимоячилари куни” Тошкент вилояти Касбий таълимни ривожлантириш ва мувофиқлаштириш худудий бошқармаси ходимлари Нурафшон шахри марказидаги Мотамсаро она хайкали пойига гул қўйиш маросимида қатнашдилар.

Batafsil