YANGILIKLAR
  1. 1
  2. 2
  3. 3
  4. 4
  5. 5

Yangiliklar

O‘zbekiston sanoati va ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadam

2025-yil 19-fevral kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK)ga ilmiy delegatsiya tashrif buyurdi. Mazkur tashrif davomida yetakchi ilmiy muassasalar vakillari sanoat korxonasidagi muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qilishdi. Tashrifda Toshkent viloyati Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Toshkent davlat texnika universiteti, Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISIS”ning Olmaliq filiali, Geologiya va geofizika instituti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Materialshunoslik …

Batafsil

«Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?» tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Yuqori Chirchiq tumanidagi Millatlar do‘stligi saroyida kasbiy ta’lim taskilotlari o‘quvchilari o‘rtasida «Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?»  tanlovining Toshkent viloyat bosqichi o‘tkazildi. Ekologik savodxonlikni oshirish va yoshlarning atrof-muhit muhofazasiga oid bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan mazkur tanlov qizg‘in bahs-munozaralar asosida o‘tdi. Ishtirokchilar ekologiya va qonunchilik bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Bellashuv natijalariga ko‘ra: 1-o‘rin – Yuqori Chirchiq politexnikumi jamoasi 2-o‘rin – Bekobod shahar politexnikumi …

Batafsil

O‘quvchilar tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi: kutubxona uchun kitoblar jamlanmasi taqdim etildi

O‘quvchilar tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi: kutubxona uchun kitoblar jamlanmasi taqdim etildi Joriy yilning 10-fevral kuni Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N.Kulbekova Oʻrta Chirchiq tumanidagi 1-sonli politexnikumga tashrif buyurib, o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida o‘quvchilar tomonidan mahalliy kutubxona tashkil etish tashabbusi ilgari surildi. Mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan N. Kulbekova kutubxonani boyitish maqsadida shaxsiy kitoblar kolleksiyasidan kitoblar jamlanmasi taqdim …

Batafsil

Oqqo‘rg‘on tumani 1-son politexnikumida dual ta’lim tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan o‘quv seminar o‘tkazildi

Oqqo‘rg‘on tumani 1-son politexnikumida Toshkent viloyati kasbiy ta’lim tashkilotlarining ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va katta ustalar uchun dual ta’lim tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda dual ta’lim tizimining afzalliklari, uni amaliyotga joriy etishning samarali usullari, ishlab chiqarish ta’limi sifatini oshirish va ish beruvchilar bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tadbir davomida ishtirokchilar dual ta’lim modelining kasbiy ta’limidagi …

Batafsil

Yoshlar tadbirkorligi rivojlantiriladi

“Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-62-son, 14.02.2025 y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra,  2025–2027-yillarda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yoshlar biznesi” dasturi amalga oshiriladi: ➡️dastur doirasida 350 mingta yoshni qamrab olinadi, shu jumladan, 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar uchun kamida 100 mingta qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi; ➡️yosh tadbirkorlarga kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi, ularning faoliyatini …

Batafsil

Rasmiy bayonot

2024/2025-o‘quv yili yakuniga qadar yuridik texnikumlarning o‘quv rejalari hamda pedagog xodimlarining yuklamalari va mehnatiga haq to‘lashni amaldagi tartibi saqlab qolinadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan boshlab boshqa vazirlik idoralar tasarrufida bo‘lgan kollej va texnikumlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi. Shu jumladan, Adliya vazirligi tizimidagi 12 ta yuridik texnikum ham. Ma’lumot uchun, yuridik …

Batafsil

Bekobod Abu Ali ibn Sino Jamoat salomatlik texnikumida ochiq dars o`tkazildi

Joriy yilning 17 fevral kuni Bekobod Abu Ali ibn Sino Jamoat salomatlik texnikumida 2-klinik fanlar kafedrasi maxsus fan etakchi o’qituvchisi G.Xudayberdiyeva  tomonidan «Akusherlik» fanidan «Tor chanoq va unda feldsher -akusherning vazifalari» mavzuda  304-guruh o’quvchilari bilan amaliy mashg’ulotdan ochiq dars o`tkazildi. Ochiq dars mashg’uloti zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda o’tdi. Darsda o’quvchilar faol ishtirok …

Batafsil

“Ma’naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak” mavzusida malaka oshirish o‘quv-seminari o‘tkazilmoqda

2025-yil 17–20-fevral kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamkorligida davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul rahbarlari uchun malaka oshirish o‘quv-seminari tashkil etilmoqda. Seminarning asosiy maqsadi – oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish hamda yoshlarning intellektual salohiyati, mafkuraviy immuniteti va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashdir. …

Batafsil

Zangiota tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida viloyat seminari bo‘lib o‘tdi

Bugun, 15-fevral kuni, Zangiota tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N.Kulbekova rahbarligida viloyatdagi kasbiy taʼlim muassasalari direktorlari va  direktor o`rinbosarlari ishtirokida navbatdagi viloyat seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda boshqarma boshlig‘i va kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari texnikumdagi o‘quv va amaliy jarayonlar bilan yaqindan tanishib, mavjud shart-sharoitlarni o‘rgandi hamda ularning samaradorligini …

Batafsil

14-fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Bugun buyuk shoir, iste’dodli sarkarda va dono davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludiga 542 yil to‘ldi! Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo 1483-yil 14-fevralda O‘zbekistonning Andijon shahrida tug‘ilgan. Boburning nomini butun dunyoga mashhur qilgan asari — «Boburnoma» bo‘lib, u nafaqat tarixiy xotira, balki hayot saboqlari, davlat boshqaruvi tajribasi va yuksak adabiy mahorat namunasi sifatida e’tirof etiladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Boburning hayoti …

Batafsil

Olmaliq shahar politexnikumida ekologiya bo‘yicha hududiy tanlov o‘tkazildi

  «Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?» nomli hududiy ko‘rik-tanlov Olmaliq shahar politexnikumida bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlov yoshlarning ekologik huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Tanlov to‘rt shart asosida o‘tkazilib, ishtirokchilar nafaqat ekologiya bo‘yicha bilimlarini namoyon etdi, balki o‘z loyihalarini taqdim etish orqali ijodiy mahoratlarini ham ko‘rsatdi. Natijalar: 1-o`rin — …

Batafsil

«Milliylik qonimizda!» chellenji boshlandi

Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi viloyatdagi oliy va kasbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida milliy qadriyatlarni targ‘ib etish hamda yoshlar orasida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida «Milliylik qonimizda!» chellenjini boshlaydi.                     Viloyat boshqarmasi chellenjni davom ettirish uchun Olmaliq kon-metallurgiya texnikumiga navbatni topshiradi.

Batafsil

OLIY TA’LIMGA TARG’IBOT

              2025-yil 11-fevral kuni Qibray tuman politexnikumi bitiruvchi o’quvchi-yoshlariga Toshkent shahridagi MMFI milliy tadqiqot yadro universiteti federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filiali hodimlari tomonidan targ’ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Batafsil