YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Parkent tadbirkorlik va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida matematika fanidan ochiq olimpiada o’tkazildi.

Parkent tadbirkorlik va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida matematika fanidan ochiq olimpiada o’tkazildi.

     Kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tomonidan 2018-yil 2-dekabr kuni Parkent tadbirkorlik va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida matematika fanidan ochiq olimpiada o’tkazildi.
An’anaga aylanib ketgan bu yilgi 5-ochiq olimpiada shayx Muxammadsodiq Muxammadyusuf xotirasiga bag’ishlandi.
Ushbu tadbirni O’zbekiston Xalq shoiri Mahmud Toirov ochib berdi.
Ochiq olimpiadada 67 nafar kollej o’quvchilari, 56 nafar maktab o’quvchilari matematika fani bo’yicha o’zaro bellashdilar.
Kollej o’quvchilari o’rtasida Parkent agrosanoat va servis kasb-hunar kollejining o’quvchisi Pardaboev Bahodir (76 ball), maktab o’quvchilari o’rtasida 5-ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilari Sadriddinova Adiba (66 ball), Zayniddinov Oybek (85 ball) to’plab eng yuqori ko’rsatkichlarga erishdilar.
Tadbirda Kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig’i v.v.b A.Xaldarbekov, Parkent tuman hokimining o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasi raisi Z.Maqsudova, Shayx Muxammadsodiq Muxammadyusufning farzandi Ismoil Muhammad Sodiq, davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari qatnashdilar va ular tomonidan yoshlar bilan mavzuga doir davra suhbati tashkil etildi, yoshlarga matematika fani sirlarini yanada chuqur o’rganishlarida omadlar tiladilar.
5-ochiq olimpiada g’oliblari Kasb-hunar ta’limi boshqarmasi hamda Parkent tuman xokimligi tomonidan esdalik sovg’alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.