YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Parkent transport va servis kasb-hunar kollejida “Voyaga etmagan yoshlar o’rtasida dveant xulq-atvor va suisid profilaktikasi” mavzusida viloyat amaliy-seminari tashkil etildi.

Parkent transport va servis kasb-hunar kollejida “Voyaga etmagan yoshlar o’rtasida dveant xulq-atvor va suisid profilaktikasi” mavzusida viloyat amaliy-seminari tashkil etildi.

     Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tomonidan joriy yil 5 aprel kuni Parkent transport va servis kasb-hunar kollejida “Voyaga etmagan yoshlar o’rtasida dveant xulq-atvor va suisid profilaktikasi” mavzusida viloyat amaliy-seminari tashkil etildi.
Seminarda, Kasb-hunar ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimi S.Xamrakulova, Parkent tumani prokurorining o’rinbosari S.Nishonov, Parkent tumani transport va servis kasb-hunar kolleji psixologi I.Sultonova, Parkent tadbirkorlik va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji psixologi Sh.Ermatovalar so’zga chiqdilar.
Shuningdek seminar ishida viloyatdagi barcha kasb-hunar kollejlari psixologlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari, ota-onalar, Parkent tumanidagi MFY mutaxassislari, ota-onalar ishtirok etdilar.
Kasb-hunar ta’limi muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muxitni yanada sog’lomlashtirish, jinoyat qilishga moyilligi bor, tarbiyasi og’ir o’quvchilar va ularning ota-onalari bilan olib boriladigan profilaktik ishlar yuzasidan tavsiyalar berildi.
Psixologlar tomonidan mavzuga doir psixologik test, metodika va treninglar o’tkazildi.
Seminar ishi yakunida ta’lim muassasalari psixologlari uchun “Voyaga etmagan yoshlar o’rtasida dveant xulq-atvor va suisid profilaktikasi” nomida (120 ta) uslubiy qo’llanma, ota-onalar uchun “Ko’ngil-ko’ngildan suv ichar” nomida (1000 ta) buklet tarqatildi.