YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Parkent tumani politexnikumida «Kelajak tadbirkorlari» nomli ko‘rik-tanlovii bo‘lib o‘tdi

Parkent tumani politexnikumida «Kelajak tadbirkorlari» nomli ko‘rik-tanlovii bo‘lib o‘tdi

Parkent tumani politexnikumida  «Kelajak tadbirkorlari» nomli ko‘rik-tanlovning 3-yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bosqichda o‘quvchilar o‘z biznes rejalari asosida mahsulot namunalarini taqdim etdilar.

Taqdimot davomida ishtirokchilar o‘z mahsulotlarining tavsifi, bozorga chiqarish tartibi, marketing strategiyalari hamda mahsulotni iste’molchilarga yetkazish usullari haqida ma’lumot berdilar.

 Tanlov  natijalariga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:

 1-o‘rin:  Tirkashboyev Shaxzod

 2-o‘rin: Aliyev Asqar va Mirjo‘rayev Mirjalol

 3-o‘rin: Akbarboyev Xayrulla va Ashiraliyev Sunnat

Tadbir qiziqarli va interaktiv tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar tadbirkorlik bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘lishdi va kelajakdagi biznes loyihalarini shakllantirishga ilhom oldilar.