YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Pedagogik o’qish: Milliy haydovchilik guvohnomasi

Pedagogik o’qish: Milliy haydovchilik guvohnomasi

🔰

❇️ Oqqo’rg’on tuman 2-son kasb-hunar maktabida navbatdagi pedagogik o’qish bo’lib o’tdi. Kasb hunar maktabning «Avtomobillarni ta’mirlash chilangari» kasbi ta’lim ustasi M. Xakimov shu kasbdagi o’quvchilar hamda boshqa yuridik shaxslarning «Milliy haydovchilik guvohnomasi» ni olish uchun Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408 qarori boʻyicha imtihonlarga qanday tayyorgarlik ko’rish haqida «Innovatsion yo’l harakati» va «Innovatsion imtihon olish» honalarida ham nazariy, ham amaliy ko’rsatib, bajarib, tushuntirib taqdimot qilib berdi. Dars jarayonida o’qituvchi va muhandis pedagoglar Avtotrenajorda tog’ri harakatlanishni, testlarni to’g’ri yechish uchun kompyuterlarda o’zlarini bilimini sinab ko’rdilar.
✅ Dars so’ngida M.Xakimov test yechgan o’qituvchi va pedagog muhandislarni qay darajada yechganligini taxlil qilib berdi.
✅ Pedagogik o’qish mazmunli va savol javoblarga boy bo’ldi