2024-yil noyabr oyida Toshkent viloyati barcha kasbiy ta`lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni mazmun-mohiyatini pedagog xodimlarga yetkazish maqsadida seminarlar o`tkazilmoqda.
Parkent tumani 2-son kasb-hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi PF-158-son Farmoni mazmun-mohiyatini pedagog xodimlarga yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi. Seminarda Farmonda belgilangan 2025-yildan boshlab kasbiy ta’lim sohasida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim dasturlarini tatbiq etish, ichki va tashqi bozor talablariga mos, raqobatbardosh o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashga qaratilgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish bo‘yicha fikr almashinuvi tashkil etilib, ta’lim muassasasi va Turkiyaning «VERTEKS» MChJ bilan hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, Xitoyning «Chongking muhandislik instituti» bilan malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan takliflar muhokama qilindi hamda tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.