Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. (https://t.me/Press_Secretary_Uz/5550)
Yig‘ilish davomida davlat rahbari sohada amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib, bu yo‘nalishda kelgusida qilinajak ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Xususan, mas’ullarga bu yo‘nalishda yangi turizm marshrutini ishlab chiqib, keng targ‘ib qilishni topshirdi.
“Turizmda oliy ta’limni 4-yildan 3-yilga kamaytirib, dual tizimga o‘tkazdik. Nima uchun? Yoshlar ko‘proq amaliy bilim olib, tajriba orttirishi kerak”,
– dedi Prezident.
Masalan, Toshkentdagi Singapur menejment instituti oliygoh hududida 10 qavatli mehmonxona turizm klasteri tashkil qilmoqda. Yiliga 200 nafar talaba, 300 nafar o‘qituvchi mehmonxona boshqaruvi, marketing kabi yo‘nalishda amaliyot o‘tash va malaka oshirish imkoniga ega bo‘ladi.
Dual ta’lim bo‘yicha hududlarda ham yaxshi tajribalarni ko‘paytirish, joriy yilda 500 nafar talabani turizm bo‘yicha amaliyot o‘tash va ishlashga yuborish muhimligi ta’kidlandi.