Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i N.Kulbekova Angren shahar 2-son kasb-hunar maktabida bo’lib, muassasada 2024/2025-o’quv yilida amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda o’quvchilar davomati bilan yaqindan tanishdi va mutasaddi rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berdi.
Angren shahar 2-son kasb-hunar maktabida bugungi kunda 1404 nafar o’quvchilar 11 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha ta’lim olmoqda:
Bank nazoratchisi; Kompyuter grafikasi va dizayn operatori; Laborant-ekolog; Elektrik; Payvandlovchi; Avtomobillarni taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish; Mebel ishlab chiqarish; Kon ishchisi; Tikuvchi; Avtomobil dvigatellarini tashxislash va ta’mirlash; Oshpaz, qandolatchi.
Tikuvchi kasbi bo`yicha dual ta`limi joriy etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi “Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijiy davlatga ketayotgan shaxslarni va band boʻlmagan aholini oʻqitishni tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–4962-son qaroriga asosan Angren shahar 2-son kasb-hunar maktabi Qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazi tashkil etilgan va 2021-yil 1-aprel kunidan oʻz ish faoliyatni boshlagan.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdim qilingan dasturlar asosida Oʻquv jarayoni grafigi va mashgʻulotlar jadvali ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.
Muassasada oʻquv mashgʻulotlari oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlim ustalari tomonidan oʻtkazilmoqda.
Oʻquv markazining qabul parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Yoʻnalishlar kesimida har bir markaz uchun 2024-yil belgilangan parametrlar”ga koʻra 14 ta kasblar boʻyicha oʻqitish roʻyxati tasdiqlangan.
Markazda 8 ta kasb boʻyicha tinglovchilar taxsil olmoqda.
2021-yil 1 aprel kunidan hozirgi kunga qadar 10 ta oqim tinglovchilari qisqa muddatlini oʻquv kurslarini yakunlagan va 11-oqim tinglovchilari bilan oʻquv jarayoni davom etmoqda.
1-10-oqimlar boʻyicha jami qisqa muddatli oʻquv kurslarini 10 ta yoʻnalish boʻyicha 1456 nafar tinglovchilarni kasblar boʻyicha bitirgan.
Bular:
- Elektrogazpayvandchi (elektrgaz payvandlash ishlari) 341 nafar;
- Boʻyoqchi-bezakchi (qurilish pardozlash ishlari) 63 nafar;
- Santexnika ishlari ustasi (santexnika jihozlarini montaj qilish ishlari) 159 nafar;
- Elektromontajchi (elektr taʼminoti montaj ishlari) 267 nafar;
- Stropalchi (koʻtarma kran boshqaruvchisining yordamchisi) 127 nafar;
- Kran mashinisti (kranchi) 196 nafar;
- Samosval haydovchisi 77 nafar;
- Avtogidropodyomnik haydovchisi 42 nafar;
- Avtokran boshqaruvchisi 117 nafar;
- III-toifa Traktor mashinisti 67 nafar tinglovchi.
Bitiruvchilarning bandligiga alohida etibor qaratilmoqda.
Oʻquv markazini jami 1456 nafar bitiruvchilar bitirgan boʻlib, bundan 1006 nafari Mahalliy hududda, 232 nafari xorijiy davlatdagi nufuzli korxonalariga ishga joylashtirilgan hamda 218 nafari Toshkent viloyati tuman va shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimlari tomonidan oʻzini-oʻzi band qilgan.
Bugungi kunda Markazda 11-oqim qisqa muddatli oʻquv kurslarini qo`yidagi 8 ta kasb bo`yicha 146 nafar tinglovchilarni kasblar boʻyicha oʻqitish jarayonlari davom etmoqda:
- Elektrogazpayvandchi (elektrgaz payvandlash ishlari);
- Boʻyoqchi-bezakchi (qurilish pardozlash ishlari);
- Santexnika ishlari ustasi (santexnika jihozlarini montaj qilish ishlari);
- Elektromontajchi (elektr taʼminoti montaj ishlari);
- Stropalchi (koʻtarma kran boshqaruvchisining yordamchisi);
- Kran mashinisti (kranchi);
- I-toifa Traktor mashinisti;
- I-toifa Traktor mashinisti.