YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Professional ta`lim muassasalarida 2024/2025-oʻquv yiliga tayyorgarlik

Professional ta`lim muassasalarida 2024/2025-oʻquv yiliga tayyorgarlik

Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i N.Kulbekova  Yangiyoʻl shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi  jamoat salomatligi texnikumida, Yangiyoʻl shahar 1-son va Yangiyoʻl shahar 2-son kasb-hunar maktablarida bo’lib, ta`lim muassasalarining o‘quv binosi,  axborot-kutubxona markazi hamda o‘quv labaratoriya xonalarining holatini o‘rgandi.

✅ Boshqarma boshlig’i muassasada  2024/2025-oʻquv yiliga tayyorgarlik ko`rish masalasiga alohida toʻxtalib, o’quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish, xonalarni maxsus jihozlar bilan taʼminlash hamda adabiy-badiiy kitoblarni ko’paytrish yuzasidan  mutasaddi rahbarlarga tegishli  ko’rsartmalar berdi.