YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Professional ta’lim muassasalariga tanlov 18-avgustdan boshlandi

Professional ta’lim muassasalariga tanlov 18-avgustdan boshlandi

#tanlov2024 #kollej #texnikum

⚡️Professional ta’lim muassasalariga tanlov 18-avgustdan boshlandi

✅ Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uz  saytida kollej yoki texnikum, kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim.

❗️Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.