YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Professional ta`lim tizimida yangi o`quv yili boshlandi

Professional ta`lim tizimida yangi o`quv yili boshlandi

Professional ta`lim tizimida yangi o`quv yili boshlandi

Bugun, 4-sentyabr kuni, Qibray tuman kasb-hunar maktabida «Bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanimiz» shiori ostida  2024/2025-o`quv yili boshlanishi munosabati bilan “1-сhi  qo`ng`iroq” tadbiri boʻlib oʻtdi.

❇️  Tadbirda   Toshkent viloyati Oliy taʼlim  fan va innovatsiyalar boshqarmasi vakili Linora Gafarova  oʻquvchi yoshlarni va ustozlarni Mustaqillik bayrami va yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan chin dildan tabrikladi, yangi oʻquv yilida omad va muvaffaqiyatlar tiladi hamda bugungi kunda O`zbekistonda kasb-hunarni  egallash  uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilganligi, bu jarayonni muhimligi haqida gapirib berdi.

✅ Qibray tuman kasb-hunar maktabi direktori Oʻ.Noraliyev soʻzga chiqib, kasb-hunar maktabi pedagog va ishchi hodimlarini jumladan, yangi oʻquv yilini boshlab olgan oʻquvchi yoshlarni bayram bilan tabrikladi va o`z nasixatlarni berdi.

Tadbir » Mustaqillik darslari» bilan davom etdi.