YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Professional ta’lim va sanoat hamkorligini kengaytirish maqsadida Navoiy viloyatida seminar tashkil etildi

Professional ta’lim va sanoat hamkorligini kengaytirish maqsadida Navoiy viloyatida seminar tashkil etildi

Professional ta’lim va sanoat hamkorligini kengaytirish maqsadida Navoiy viloyatida seminar tashkil etildi

Joriy yilning 31-oktabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi davomida Navbahor tumani 2-son politexnikumi faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Prezidentimiz o‘quvchilarni sanoat korxonalari bilan hamkorlikda amaliy o‘qitish tizimini kuchaytirish va bu tajribani butun respublika bo‘ylab joriy etish zarurligini ta’kidladi.

Mazkur tashabbus doirasida, bugun professional taʼlim tizimini yanada rivojlantirish va korxonalar bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida, respublikadagi professional taʼlim muassasalari rahbarlari uchun Navoiy viloyatida maxsus seminar tashkil etildi. Seminar davomida ishtirokchilar Navbahor tumani         2-son politexnikumi va Navoiy mashinasozlik zavodining ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik jihozlanishi va taʼlim muhiti bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbirda Toshkent viloyatidan  Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar viloyat boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova boshchiligida viloyatdagi professional taʼlim muassasalari direktorlari ishtirok etdilar. Ular zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayonlarida qoʻllash va o‘quvchilarni korxonalarga amaliyotga yo‘naltirish bo‘yicha  tajribalari bilan  oʻrtoqlashdilar.