Joriy yilning 12-aprel kuni Ohangaron tumanida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikdagi «Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining «yashil iqtisodiyot» ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovasion tizimini rivojlantirish (EU-AGRIN)» loyihasi doirasida «Chorvachilik sektorini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish va sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish» mavzusida konferensiya bo’lib o‘tdi.
❇️ Konferensiyada Zangiota agrotexnologiyalar texnikumi Veterinariya meditsinasi fani o‘qituvchisi Isroilov Mirodiljon ishtirok etdi va chiqishi davomida chorvachilikda uchraydigan mastit kasalligi uni ertaroq aniqlash va zamonaviy davolash usullari shuningdek kasallikni oldini olish haqida zarur ko‘rsatmalar va tavsiyalar berib o‘tdi.