Professional ta`limda yangi o’quv yiliga tayyorgarlik boshlandi
Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i N.Kulbekova Bekobod tumani kasb-hunar maktabida bo’lib, muassasada 2024/2025-o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishdi va mutasaddi rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berdi.
Bekobod tumani kasb-hunar maktabi 2007-yil foydalanishga topshirilgan bo’lib, quvvati 540 nafar o’quvchilar tashkil etadi.
2024/2025-o’quv yiliga 469 nafar 9-sinf bitiruvcnilari qabul platformasiga o`qish uchun hujjat topshirdi.