Bugun, 27-dekabr kuni, Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N.Kulbekova Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani 1-son politexnikumga tashrif buyurib u yerda yoʻlga qoʻyilgan taʼlim muhiti va zamonaviy texnologik jihozlar bilan yaqindan tanishdi.
Gʻuzor tumani 1-son politexnikumi Germaniyaning Avestos kompaniyasi bilan hamkorlikda faoliyat olib borib, nemis tili hamda mashinasozlik, xizmat koʻrsatish va qurilish sohalarida malakali mutaxassislarni tayyorlamoqda. Shuningdek, ushbu mutaxassislarni Germaniyaga ishga yuborish uchun tashkiliy ishlarni amalga oshiradi.
Tashrif davomida Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N.Kulbekova Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri 1-son politexnikumda ham boʻlib taʼlim jarayonini tashkil etilishi bilan tanishdi.
Shahrisabz shahri 1-son politexnikumi ham Germaniyaning Avestos kompaniyasi bilan hamkorlikda faoliyat yuritib, nemis tili, mashinasozlik, xizmat koʻrsatish va qurilish yoʻnalishlari boʻyicha malakali mutaxassislar tayyorlamoqda. Bundan tashqari, bitiruvchilarni Germaniyada ishga joylashtirish uchun zarur tashkiliy ishlarni amalga oshiradi.
Mazkur xizmat safaridan maqsad politexnikumlardagi tashkil etilgan kasbiy taʼlim jarayoni bilan tanishish, ilgʻor tajribalarni oʻrganish va ularni oʻzaro almashishdir.